TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2022

Bizni bog‘lovchi nuqtalar talaba yoshlar kelajagiga xizmat qiladi

        2022 - yil 11 - oktabr kuni “TIQXMMI” MTU “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti Aksionerlik tijorat banki "Turonbank”ning "Inavatsion ilmiy-amaliy tadqiqot markazi" zalida Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Suyunovich Mirzayev  va Aksionerlik tijorat banki “Turonbank” boshqaruv raisi Mirzayev Chori Saidibaqosovich tomonidan memorandum-hamkorlik bitimi imzolandi. Tadbirda  fakultetlar dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Hozirda mamlakatimizda ta’lim jarayonini modernizatsiyalashda nazariya va amaliyot uyg‘unligi muhim sanalib, milliy mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosati kun tartibidan joy oldi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish  har ikkala tashkilot uchun ham maanfaatli hisoblanib, jumladan, bo‘lajak iqtisod sohasining yetuk mutaxassislarini tayyorlash mazmuniga qo‘yilgan talablarga  to‘liq javob beradi hamda o‘qitish faoliyatini yanada takomillashtiradi.

        Shu munosabat bilan fakultet talabalari orasidan 2022-2023- o‘quv yilida “TIQXMMI” MTU “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetiga eng yuqori  ko‘rsatkich bilan  qabul qilingaan talabalardan 7 nafariga  Aksionerlik tijorat banki “Turon- bank” boshqaruv raisi Mirzayev Chori Saidibaqosovich tomonidan  1 100 ming   so‘mlik oylik stependiya sertifikati  topshirildi va ular ta’limdan ajralmagan holda   “Turonbank”da  amaliy faoliyat olib borishlariga  yo‘llanma berildi. O‘z o‘rnida Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Suyunovich Mirzayev boshqaruv raisiga  universitet “Tashakkurnoma”si va esdalik sovg‘alarni topshirdi. Ushbu talabalarning ta’limdan ajralmagan holda “Turonbank”da  ishlab chiarishga jalb qilinganligi, oliy ta’lim va bank munosabatlarini, qayta aloqani, ilmiy va innovatsion imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bunday hamkorlk ishlari kelajakda viloyatlar kesimida ham tashkil etilishi  ko‘plab bitiruvchilarimizning  ish bilan ta’minlanishini kafolatlaydi.