TIQXMMI yangiliklari

img
08.10.2022

Nuroniylar e’zoz va e’tiborda

    2022 yil 7 oktabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mustaqillik” mahallasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida 2022 yil 15 mart, PQ-167-son Qarorinig ijrosini ta’minlash maqsadida mahallada istiqomat qilayotgan barcha Nuroniylarga bayram dasturxoni tashkil etildi. Bunda “QXM” fakulteti dekan o‘rinbosari A.Borotov, Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchisi E.Gʻaniboyeva va faol talabalarimiz ishtirok etdilar. Taklif etilgan barcha Nuroniylar o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti

Universitet matbuot xizmati