TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2022

“Eng chiroyli libos - tabassum”

     Joriy yilning 6 oktyabr kuni GM fakulteti 2-kurs 211-212-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muxamedova “Tabassum – qalblar eshigiga kalit bo'la oluvchi kuchli vosita” mavzuida davra suhbati o'tkazdi. Tadbirda talabalarga tabassumning diniy, dunyoviy, psixologik tomonlari haqida tushunchalar berib o'tildi. Mavzu hayotiy va qiziqarli misollar bilan yoritilgani sababli barcha talabalarda qiziqish uyg'otdi.

      Tadbir davomida tabassumning 19 turi, foydali jihatlari va tabassum qilishga sabab bo'la oladigan omillar to'g'risida qizg'in suhbat olib borildi. Tadbirda GM fakulteti tyutori Z.Tursunova ham faol ishtirok etdi va ishtirokchilarga o'z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda tabassumning foydali jihatlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati