TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2022

Sport - salomatlik garovi

   O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Prezidentimiz oldinga surgan beshta muhim tashabbusning ikkinchisi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish”dir.

    Shunga muvofiq 2022 - yil 17 - sentabrdan 5 - oktabrgacha Universitet “Sport majmuasi”da 1-kurs talabalari o‘rtasida sportning “Basketbol”, “Voleybol”, “Gandbol” hamda “Mini-futbol” turlari bo‘yicha Rektor kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining 1-kurs jamoalari 4 ta sport turi musobaqalarida 1 o‘rinni egallashdi.

Universitet matbuot xizmati