TIQXMMI yangiliklari

img
28.09.2022

Kashandalik – sog'lik kushandasi

    Joriy yilning 28 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU GIM fakulteti 1 – kurs talabalari bilan fakultet dekani B. Norov, yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari O. Ro'zibayev, fakultet tyutori A.Shonazarov va universitet psixologi M.K.Muxamedovalar ishtirokida “ Sog'lom turmush tarzi – farovon hayot asosi” mavzuida seminar trening tashkil etildi. Tadbir talabalarning sog'lom turmush tarziga rioya etib yashash ko'plab muammolarning oldini olishi; tamaki, nos, alkogolli ichimliklarning zararli jihatlari va ochilmagan qirralarini talabalarga yetkazish, tushuntirish, profilaktika qilish maqsadida tashkil etildi. 

     Tadbirda kashanda odam molini berib o'z joniga ziyon zahmat sotib olayotgani, salomatlik va davlat Allohning odamga bergan omonati ekani, shu sababli inson salomatligiga zarar yetkazishi yoki  davlatini zoye qilishi mumkin emasligi; kashandalik yoki inson salomatligiga ziyon yetkazadigan har qanday narsa shar'an harom qilinginligi to'g'risida talabalarga tushuncha berildi. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam mol-u davlatni, umrni, sog'likni bekorga zoye qilmoqdan qaytarganlari va dinimizda o'z joniga qasd qilish qanchalik og'ir gunoh bo'lsa, kashanda odam ham o'z joniga sekin astalik bilan qasd qilayotgani va bu juda ham og'ir gunoh ekani haqida tushunchalar berildi. Tadbir davomida barcha talabalar o'zlariga foydali bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati