TIQXMMI yangiliklari

img
28.09.2022

Kaliforniya universiteti professori bilan muloqot

     "Nazariy va qurilish mexanikasi" kafedrasi tashabbusi bilan 2022 - yil 27 - sentabr kuni B-bino konferensiyalar zalida "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 3 va 4 - bosqich talabalari, magistrlar, doktorantlar va fakultet professor-o‘qituvchilariga AQSH Berkeley shahri  Kaliforniya universiteti professori Shahzod Toxirovning "Основы сейсмоизоляции и её практическое применение на примере практики США"  mavzusidagi  maruzasi taqdim etildi.

    Ma’ruza yakunida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan savollar berildi va javoblar olindi, Universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori T.Sultanov tomonidan esdalik uchun universitetimiz ramzini aks etuvchi suviner professor Shahzod Toxirovga  taqdim etildi.

             Universitet matbuot xizmati