TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2022

Talabalik - majburiyat va mas'uliyat pallasi

Talabalarning tahsil olish paytidagi yaratilgan sharoitlar ta'limning sifatiga ta'sir qilishi bilan birga ularning ijodiy imkoniyatlarining rivojlanishiga ham bevosita xizmat qiladi.

Bugun "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetining 1-kurs talabalari bilan  Milliy tadqiqot universitetimiz rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovichning ochiq tarzdagi samimiy suhbati bo‘lib o‘tdi. Har qanday talaba o‘qish jarayonida majburiyat burchi va mas'uliyat hissi bilan harakat qilsa muvaffaqiyatlarga erisha oladi. Bu galgi uchrashuvda talabalar o‘zlarining asosli va mantiqiy savollari bilan keskin ravishda ajralib turdi.

Talabalar o‘z iqtidorlarni  o‘stirish hamda ijodiy imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq savollarni berib, taklif va istaklarini bildirarkan, rektorda mamnunlik tuyg‘usi bilan birga ularni oldingi talabalar bilan qiyoslash asnosida qandaydir bir ichki g‘urur paydo bo‘lganini sezish qiyin emas edi. Bilimga chanqoq, intiluvchi va izlanuvchan yoshlarni ko‘rib Rektor benihoya shod bo‘ldi. Harakatlariga yarasha rag‘batlantiruvchi mezonlar bo‘lishini alohida ta'kidlab, talabalarni ruhlantirdi.

      Universitet matbuot xizmati