TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2022

Malayziyalik mutaxassislar mehmonimiz

2022 yilning 20 sentyabr kuni "TIQXMMI" MTUga Malayziya Terengganu Universiteti tomonidan delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Prof.Ts. Doktor Mohd Zamri Bin Ibrohim (Akademik va xalqaro bo‘lim prorektor o‘rinbosari.), Doktor Borxanudin Bin Mohd Yusuf (O‘kuv va talabalar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini, Ta’sis va uzluksiz ta’lim markazi), Prof. Doktor Zayniddin Eshquvatov (O‘zbekiston Milliy Universiteti DSc doktori, Malayziya Terengganu Universiteti dotsenti) lar bor edi.

    Milliy tadqiqot universitetidan esa prorektorlar Baxtiyor Alimov, Tohir Sultonov va bo‘lim boshliqlaridan Ilhom   Abdurahmonov va Zufar Umurzakov hamda SXTEB fakulteti dekani Rashid Hakimov, matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozovlar  ishtirok etishdi.

Suhbat chog‘ida har ikkala ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik o‘quv-ta’limiy va pedagogik jarayon bilan bog‘liq bo‘lishi hamda istiqbolli rejalar belgilanishi maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. O‘zaro samimiy va do‘stona tarzda kechgan ushbu muloqot har ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lgani sir emas.

                  Universitet matbuot xizmati