TIQXMMI yangiliklari

img
14.09.2022

Adiblar xiyoboni -talabalarimizning ma'naviyat maskani

2022 yil 10 sentyabrda  "Gidromelioratsiya" fakulteti  tyutorlari:  O‘. Usmonov,  D. Axrarova,  G. Axmedjanova va Z.Tursunovalar  rahbarligida fakultetimizning barcha 1- kurs talabalari “Adiblar xiyobani” ga tashrif  buyurishdi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-apreldagi qaroriga muvofiq, ma’naviy hayotimizda o’chmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning tarixiy xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida Universitetimizga biriktirilgan O’zbekiston Xalq qahramoni Abdulla Oripov ijodi bo’yicha talabalarga ma’lumotlar berildi va talabalar sevimli shoirimiz ijodidan namunalar keltirdilar.  Tadbir talabalar tomonidan ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

      "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutorlari axboroti

     Universitet matbuot xizmati