TIQXMMI yangiliklari

img
29.08.2022

"Huawei" kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Daniel Chjou universitetimizga tashrif buyurdi

 "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev hamda "Huawei" kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi prezidenti Daniel Chjou ishtirokida uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida "Smart Library" tashkil etish, Universitet IT Park ni jihozlash, "Solar panel" bilan taʼminlash, Universitetda "Huawei" kompaniyasining "Knowledge Centre" ni tashkil etish va Universitet hududi va kampuslarni erkin Wi-Fi zona bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati