TIQXMMI yangiliklari

img
05.08.2022

Ishlab-chiqarish amaliyotiga tashrif

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i X.Xayitov, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan qurilayotgan «Pskom GES»ning qurilishida qatnashadigan Gidrotexnika qurilishi fakul’tetining 3 kurs talabalarini “Ishlab chiqarish” amaliyotining o‘tish joyiga tashrif buyurdi.

Amaliyot davrida talabalar

1. Ishlab chiqish bo‘limida talabalar loyiha ishlari bilan tanishish va qilingan ishlarni baholashni;

2. Geodeziya bo‘limida ob’ektda topografik syomkalarni bajarish;

3. Sifat nazorat bo‘limida qilingan ishlarning sifatini nazorat qilish;

4. Laboratoriya bo‘limida sement markalarini va gurunt zichliklarini aniqlash;

5. Ekspluatatsiya bo‘limida suv tashlama inshootidagi zatvorlarni boshqarish xamda foydalanishni o‘rganib kelishmokdalar.

Ularga “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi assistenti A.B.Xalimbetov, “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi assistenti B.Nazarovlar rahbarlik qilishmoqda.

            Universitet matbuot xizmati