TIQXMMI yangiliklari

img
27.07.2022

Amaliyot va imkoniyat

2022 - yilning 27 - iyul kunidan joriy yilning 20 - avgust kuniga qadar "TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya" fakultetining 3-kurs talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyoti belgilangan. Hozirgi kunda ushbu amaliyotni o`tayotgan talabalardan bir guruhi universitetning 721/t-sonli buyrug`i asosida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani "TCT Agro cluster" mas'uliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarish amaliyotini o`tashmoqda. Talabalarga ushbu ishlab chiqarish amaliyotida olgan bilimlari kelgusida ish jarayonida asqotishiga shubha yo‘q.

 

Universitet matbuot xizmati