O'quv tanishuv amaliyoti
Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 24- maydagi "Qishloq xo'jaligi sohalari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ–3003-sonli va 2018 - yil 8 - maydagi "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ – 3702 - sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida hamda universitet rektorining 11.06.2022 - yilda 637/t buyrug'iga asosan, QXM fakulteti 60811300-"Qishloq xo’jligi maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (meva sabzavotlar bo'yicha)" ta'lim yo'nalishi o'quv rejasiga asosan l-bosqich talabalarining "o'quv-tanishuv" amaliyoti joriy yilning 20-iyunidan 2-iyulgacha TIQXMMI MTU "Traktorlar va avtomobillar" kafedrasining laboratoriya bazasida, “G’alla-Alteg” aksionerlik jamiyatiga, agroxolding GDF kompaniyasiga, "Toshkentvino kombinati" aksiyadorlik jamiyatiga, "Milk House" QK va "Magic dar Alliance" MCHJ larga 20 - iyundan o'quv tanishuv amaliyotini boshladilar.
O'quv-tanishuv amaliyotining maqsadi - tegishli tashkilot, muassasa va korxonalar bilan tanishtirish, umumta'lim va umumkasbiy fanlar bo'yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Amaliyot davom etmoqda.
"Traktorlar va avtomobillar" kafedrasi
katta o'qituvchisi K.Usmonov axboroti
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati