TIQXMMI yangiliklari

img
13.06.2022

O’quv - ilmiy markaz sari

Bugun 13 iyun kuni GM fakulteti 2 - bosqich talabalari hamda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor- o’qituvchilari kafedra mudiri prof. F. Gapparov boshchiligida  “Gidrologiya va gidrometriya” hamda “Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiyasi” fanlaridan amaliyot o’tish uchun Toshkent viloyati O’rtachirchiq  tumani TIQXMMI MTU o’quv - ilmiy markazi shtabiga jo’nab ketishdi.

 Bu amaliyot talabalarga o’quv davrida olgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Ularga oq yo’l tilab, ko’tarinki ruhda kuzatdik. 

     GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati