TIQXMMI yangiliklari

img
11.06.2022

Yangi O’zbekistonda hayot yangicha, bayot o’zgacha

Talaba yoshlar buyuk tariximizni bilsagina asl vatanparvar va millatparvar bo’lib yetishishadi. Busiz Yangi O’zbekistonning ruhi va shukuhini tasavvur qilib bo’lmaydi. Yangi O’zbekiston moziy saboqlaridan, tarix tajribalardan to’g’ri xulosa chiqargan holda buyuk kelajakni belgilagan Uchinchi Renessansni asosiy maqsad deb bilgan, o’ziga xos taraqqiyot strategiyasiga ega bo’lgan yangicha g’oyalar mamlakatidir.

Ushbu haqiqatni bilish uchun “Yangi O’zbekiston” bog’iga tashrif buyurish maqsadga muvofiq ko’rildi.

Ushbu bog’ O’zbekistonning 3 ming yillik tarixini, ajdodlarning buyuk ishlarini, xalqning milliy o’zligini, O’zbekistonning yangi qiyofasini namoyon etadi.

“Yangi O’zbekiston” bog’i tinchlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo’lgan,  ko’kda mag’rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviri monumentning eng yuqori qismida – bamisoli uning gultoji bo’lib o’rin egallagan.

Tashrif jarayonida universitetimizning sirtqi bo’limi 127-129g’ guruh talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga  mufassal javoblar olishdi.  Ularda bu boqqa yana kelish istagi tug’ildi.  

GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasining o’qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti 

Universitet Matbuot xizmati