TIQXMMI yangiliklari

img
10.06.2022

90 daqiqalik ko’rsatuvdagi ishtirok

9 iyun kuni "Gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri, professor Sh.M. O’ljayeva va uning shogirdlari - TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining tayanch doktorantlari M. Mahmudova va L. Baxtiyorov, mustaqil tadqiqotchi A. Daminovlar "Amir Temur va temuriylar davrida irrigasiya tizimlari va  qishloq xo’jaligining rivojlanishi" mavzusida haqidagi "Tarixiy savol" ko’rsatuvida ishtirok etdilar.

O’zbekiston tarixi kanalida berilgan bu ko’rsatuv jonli olib borildi va 90 minut davom etdi. Bu vaqt davomida Amir Temur va temuriylar davridagi irrigasiya tizimlari va qishloq xo’jaligi tarixi bo’yicha atroflicha fikrlar yuritildi.  M. Mahmudova, L. Baxtiyorov, A. Daminovlar o’zlari olib borayotgan izlanishlar va ilmiy muomalaga kiritayotgan yangiliklar, o’zlari tadqiq etgan yangi fakt va dalillar bilan mavzuni to’laqonli ochib berdilar. Mavzu so’nggida bu davr bo’yicha yangi film yaratish, Amir Temur va temuriylar davrida to’plangan tajribalardan ijodiy foydalanish bo’yicha taklif va tavsiyalar ham berib o’tdilar.

Universitet matbuot xizmati