TIQXMMI yangiliklari

img
08.06.2022

Ta'lim sifati va samarasiga qaratilgan Xalqaro Akkreditatsiya o‘z ishini yakunladi

Ta'limning sifati va samarasigina mamlakatni istiqbolli manzillar sari eltadi. Shuning uchun ham Prezidentimiz najot ta'limda va maktabda deyishi bilan haq.

Xuddi shu munosabat bilan joriy yilning 6 - iyun kuni  Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Shbeeman Consulting” kompaniyasining xalqaro ekspertlari ishtirokida “Oliy Ta’limni Modernizatsiya qilish” xalqaro loyihasi doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  Milliy tadqiqot universitetini  tashqi baholashdan oʼtkazish ishlari bo’yicha Xalqaro Akkreditatsiyadan o’tkazish jarayoni boshlangandi. Tadbirda Shbeeman Consulting” kompaniyasining yetuk xorijiy eksperti Nora Skaburskiene va komissiya raisi Eshchanov Bahodir boshchiligidagi komissiya a’zolari ham qatnashib bugun oz faoliyatini nihoyasiga yetkazishdi.

Kun davomida tashqi ekspert komissiyasi universitet rahbariyati hamda tegishli boʼlim boshliqlari va mutaxassislari bilan suhbatlarni intervyular shaklida oʼtkazib, universitetning “O’z-o’zini baholash” hisobotida yoritilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritishdi.

Tashkil qilingan ochiq muloqotlar davomida rektor va prorektorlarning, qolaversa, fakultet dekanlarining talabalar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatlarining o’rganilishi, talabalrning axborot resurs markazlaridan unumli foydalanishlari bo’yicha ham fikr almashildi.

Jarayonda dars sifatini taʼminlashda professor-oʼqituvchilarning universitet ichki va tashqi sifatinini ta’minlashga qaratilgan ilg’or yondashuvlari, taʼlim sifatini nazorat qilishda talabalar ishtirokining samarali mexanizmlari bo’yicha ham ma’lumotlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, muloqot jarayonida KPI (Key Performance Indicators) tizimi va universitet menejmenti tomonidan olib borilayotgan boshqaruv siyosatiga atroflicha  baho berildi.

Ekspertlar fakultetlarda tashkil etilgan maxsus oʼquv laboratoriyalari va auditoriyalari faoliyati bilan ham tanishib, u yerda yaratilgan oʼziga xoslik va metodologik qulayliklarni koʼzdan kechirdilar.

Kun yakunida ekspertlar xalqaro hamkorlik va ilmiy jarayonga masʼul universitet xodimlari bilan muloqot olib borib, kun tartibidagi  masalalar boyicha o’z ishlarini faollik bilan olib borishdi.

                Universitet matbuot xizmati