TIQXMMI yangiliklari

img
08.06.2022

 Raqamli qishloq xo’jaligini samarali yuritish

Joriy yilning 06-10 Iyun kunlari oralig’ida “Toshkent irrigatsiya va qishlo’q xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari”-milliy tadqiqotlar universiteti qoshidagi “Barqaror rivojlanish bo’yicha innovatsiya va ilmiy tadqiqotlat  klasteri” va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ning  O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “GAT texnologiyalari va fazoviy ma’lumotlar asosida raqamli qishloq xo’jaligini samarali yuritish” loyihasi doirasida O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi hududiy gidrogeologiya-melioratsiya ekspeditsiyalari  tarkibidagi korxona va filiallarning  mas'ul shaxslarining GAT texnologiyalari bilan ishlash va malakasini oshirish bo’yicha “TIQXMMI”-MTU da tashkil etilgan seminar-treningning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda BMT “FAO” ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Sh.Umarov  ishtirok etdi va loyiha doirasida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishib loyihaning kelgusi ishlariga omad tiladi. Loyiha menejeri M. Reimov so’zga chiqib loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasida taqdimot shaklida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida “TIQXMMI”-MTU Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori A. Salohiddinov so’zga chiqib loyiha qatnashchilariga omad tilab kelgusi ishlarda hamkorlik qilishga tayyorligi haqida bildirib o’tdi. 

Universitet matbuot xizmati