BioEcUz: Bioiqtisodiyot bo‘yicha universitetimiz o’qituvchilari Latviya tajribasini o’rganishdi
“TIQXMMI” MTU professor – o’qituvchilari “Erasmus plus” jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilgan “BioEcUz” loyihasi doirasida Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetida bir xafta malaka oshirishdi. Ushbu universitetning rektori professor Irina Pilvere tomonidan dastlab ushbu unuversitet faoliyati bilan tanishtirib o’tildi. Rektorning malaka oshirishning birinchi kuni bilan tabrik so‘zidan so‘ng, ushbu universitet dotsenti Din Popluga va Buxoro davlat universiteti dotsenti Maxmud Oripovlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. So‘ngra har bir mutaxassisning o‘z yo‘nalishdagi fan o‘qituvchisi bilan fan tarkibi va mazmunini muhokama qilishdi. Jumladan, bioiqtisodiyot siyosati, bioiqtisodiyot tahlili, biomahsulot ishlab chiqarish, bioenergetika, o‘rmonchilik, ilmiy tadqiqot metodologiyasi kabi fanlar tahlil qilindi.
Ikkinchi kuni delegatsiya a’zolari Latviya davlatining Qishloq xo’jaligi vazirligiga tashrif buyurishdi. Mezbon sifatida, Qishloq xo'jaligi vazirligining parlament kotibi Edgars Kronbergs va qishloq xo'jaligi vazirining maslahatchisi Edvards Ratnieks tomonidan professor o’qituvchilarni kutib oldilar va kirish so’zini "Bioiqtisodiyot strategiyasining dolzarbligi” mavzusidagi taqdimot bilan boshladilar. Unda vazirlik tizimidagi raxbarlar o’z faoliyati taqdimotlari bilan yoritib berishdi.
Xafta davomida universitetimiz delegatsiyasi ko’plab korxonalar va ferma xo’jaligiga tashrif buyurishdi.
Jumladan, Yelgava shahri atrofida joylashgan koʼp tarmoqli “Ziedi JP” ferma xoʼjaligiga tashrif buyurishdi. “Ziedi JP” JP biogaz ishlab chiqarish uchun 1500 ta sogʼin sigir boqiladi. Maydoni 4000 gektar yerdan iborat. Ushu yerda ozuqa uchun raps, bug’doy, makka va shu kabi ekin turlari yetishtiriladi. Ularning biogaz qurilmasi kuniga 45 MVt quvvat ishlab chiqaradi. Biogaz qurilmasida qayta ishlangan qoldiq mahsulotlar oʼgʼit sifatida ishlatiladi. Dvigatelda hosil boʼlgan ortiqcha issiqlik suvni ushbu ferma xo’jaligi hududida tashkil etilgan baliqchilik fermasiga suvni isitish uchun ishlatiladi. Kunlik sut sogʼish hajmi 50 tonnani tashkil etadi. Korxonada jami boʼlib 85 ishchi mavjud.
Xafta davomida delegatsiya a’zolari jami 15 ta korxonaga tashrif buyurishdi. Uyerda tinglovchilar o’ziga ko’plap ilmiy yangiliklarni olishdi va loyihaning bosh koordinatori dotsent Irina Kulitane tomonidan qatnashilganlik sertifikati taqdim etildi.
BioEcUz loyihasining "TIQXMMI" MTU
dagi koordinatori Sh.Raxmonov axboroti. "TIQXMMI" MTU matbuot xizmati