TIQXMMI yangiliklari

img
31.05.2022

Kashandalik – umr zavoli

Joriy yilning 31 may kuni YeRB fakulteti 109-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va YeRB fakulteti tyutori M. Vafoyevalar “ Sog'lom turmush tarzi – farovon hayot asosi” mavzuida seminar trening o'tkazishdi.

Tadbir 31-may -"Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni"ga bag'ishlanib, talabalarning sog'lom turmush tarziga rioya etib yashash ko'plab muammolarning oldini olishi; tamaki, nos, alkogolli ichimliklarning zararli jihatlari va ochilmagan qirralarini talabalarga yetkazish, tushuntirish, profilaktika qilish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda kashanda odam molini berib o'z joniga ziyon zahmat sotib olayotgani, salomatlik va davlat Allohning odamga bergan omonati ekani, shu sababli inson salomatligiga zarar yetkazishi yoki  davlatini zoye qilishi mumkin emasligi; kashandalik yoki inson salomatligiga ziyon yetkazadigan har qanday narsa shar'an harom qilinginligi to'g'risida talabalarga tushuncha berildi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam mol-u davlatni, umrni, sog'likni bekorga zoye qilmoqdan qaytarganlari va dinimizda o'z joniga qasd qilish qanchalik og'ir gunoh bo'lsa, kashanda odam ham o'z joniga sekin astalik bilan qasd qilayotgani va bu juda ham og'ir gunoh ekani haqida tushunchalar berildi.

Tadbirda Oliy ta'lim tomonidan taqdim etilgan, talabalarda depressiya holatini aniqlashga mo'ljallangan so'rovnomalar olindi va natijasi aniqlanib, tushkun holatdagi talabalar bilan alohida konsultatsiyalar olib borish reja qilindi.

Tadbir davomida jahon sog'liqni saqlash tashkilotining axborotiga ko'ra tamaki tutunida 4000dan ziyod kimyoviy unsurlar mavjud ekani, ular organizm faoliyatiga o'z ta'sirini o'tkazishi, insonni bevaqt olamdan ko'z yumishiga olib borishi to'g'risidagi ma'lumotlar talabalarni befarq qoldirmadi.

Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi va o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lgan xolda tadbir o'z nihoyasiga yetdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati