31.05.2022
Xalqaro fan olimpiadasi natijasi
2022-yil 20-may kuni Turkmaniston davlat arxitektura va qurilishi institutida o’tkazilgan “Materiallar qarshiligi” fanidan “Ochiq Xalqaro internet-olimpiadasi”da "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 2 bosqich 7 guruh talabasi Abdusaliev Berik va 2 bosqich 5 guruh talabasi Tursunov Azizbek “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi dotsenti E.Toshmatov rahbarligida ishtirok etib, Abdusaliev Berik Turkmaniston va xorijiy oliy ta’lim talabalari o’rtasida faxrli 3-darajali Diplom bilan taqdirlandi.
Universitet matbuot xizmati