Nazariya va amaliyot birligi
Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladilar. Unga quyidagilar nazarda tutiladi:
Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilgʻor standartlarini joriy etish, jumladan, oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan ta’limdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish.
Universitetimizda ham ta’lim sifatini oshirish boʻyicha jadal ishlar olib borilmoqda. Shunga muvofiq “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasining “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yoʻnalishi 3-bosqich 306-307 - guruh talabalari hamda assistent o’qituvchilar A.J.Kurbonov va F.I.Kushnazarov hamrohligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Zilzilani simulyatsiya qilish boʻlimida amaliyot darslarini olib borishdi.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va mas’ul xodim tomonidan yetarlicha javoblarini olishdi va amaliy jarayonda 3D formatda amaliy mashg’ulot jarayonlarida ishtrok etishdi. Talabalar uchun dars judayam qiziq va koʻtarinki ruhda oʻtdi.
XFX kafedrasi assistenti oʼqituvchisi: А. J. Kurbonov axboroti
Universitet matbuot xizmati