Qo’ng’iroqning jarangi
Ta'lim bergan ustozlardan uzoqlashish qanchalik og’ir ekanligini ta'lim olganlar his etishadi. Chunki maktabda o'qib, senga ta'lim bergan, tarbiya bergan ustozlardan ma'lum muddat qandaydir uzoqlashish yurakka iztirob yetkazishi aniq. So'ngi qo'ng'iroq degan so'zni eshitib odam entikib ketadi. Chunki bitiruv kechasi zavqli bayramona, lekin qandaydir bir achinish ham bo'ladi unda. Chunki boshqa hayot yo'liga, hayotning boshqa dovonlariga qadam qo'yasiz.
Shuning uchun bu degan gap bitkazib ketdi ustozlar bilan ko'rishmaydi degan gap emas.
“Toshkent” telekanalida jonli efirda xuddi shu mavzuga bag'ishlangan ko'rsatuv bo'ldi. Ko'rsatuvda bir qancha o'qituvchilar, shoirlar, yozuvchilar bilan birgalikda biz ham ishtirok etdik. "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari insitituti" Milliy tadqiqot Universiteti o'qituvchilarini tabrikladik va ayni payta o'zimizning sevimli mashg'ulotimiz bilan bog'liq holda Jasur Bobomurodov shashkadan 1- o'rin olganligini, unga yoshlikdan qiziqqanligi va matematika o'qituvchisi tanbeh berganligi haqida gapirib berdi.
Javohir ham xuddi shunday holatga tushganligini aytadi. Ustoz esa yoshlikda dars bergan o'qituvchilarni ayrimlarini tanbehlari bergan baholarini eslab qiziq-qiziq hangomalar bilan davraga fayz kiritdi. Shuning bilan "Xayr maktab, xayr sinfdosh" deb nomlangan ko'rsatuv o'z nihoyasiga yetdi. Biz domlaning mashinasida yana Universitet yotoqxonasiga yetib keldik.
GM fakulteti 1-bosqich talabasi Madina Rustamova axboroti
"TIQXMMI"MTU matbuot xizmati