Energetika bo‘yicha Innovatsion ko‘rgazmaga tashrif
O’zbekistondagi xalqaro ko‘rgazmalar doirasida 2022 - yilning 25 may sanasida “Qishloq xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi professor o‘qituvchilari: dotsentlar A.M. Denmuxammadiev, Sh.A. Shoyusupov; assistentlar: O.A Nazarovlar “TTEM” taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich 214-guruh, 3-bosqich 307-308 - guruh talabalari va “QSXET” 3-bosqich 303-guruh talabalari O‘zekspomarkaz pavilionlariga tashrif buyurishdi hamda ko‘rgazma dasturi boʻyicha elektr energetika, elektr ta’minoti va elektr iste’molida ishlatiladigan zamonaviy elektr qurilmalari, intellektual datchiklar, Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib ishlaydigan electron qurilmalar, himoyalsh vositalari, kabel mahsulotlari bilan yaqindan tanishib mutaxassislar bilan suhbatlashdilar.
“E va M” kafedrasi assistenti O.Nazarov axboroti
Universitet matbuot xizmati