Ona tabiatimiz - bebaho boyligimiz
Butun borlig'ini biz bilan birga baham ko'rib, o'zining issiq taftida asrab, avaylab kelayotgan Ona tabiat bilan butun insoniyat taqdiri chambarchas bog'liq. "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova boshchilida universitetimiz bir guruh talabalari Botanika bog'iga tashrif buyurdilar. Ra'no Kodirova talabalarga Botanika bog'i haqida atroflicha ma'lumot berdi.
Akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog'i MDH hududidagi eng katta va eng qadimiy tabiiy bog'lardan biri ekanini O'zbekistondagi birinchi Botanika bog'i 1920 - yilda O'rta Osiyo davlat universiteti talabalari va olimlari tomonidan yaratilgani, bugungi kunda 67 gektarlik zamonaviy bog'dir. Bog' kolleksiyasida 6000 dan ortiq o'simlik turlari mavjud bo'lib, bular: 170 ignabargli daraxtlar, 800 ga yaqin tropik va subtropik o'simlik turlaridir.
Botanika bog'i yilning istalgan vaqtida juda go'zal. Bog'ning betakror iqlimi esa qablarga orom, rohat baxsh etadi va o'ziga maftun qiladi . Shunday ekan, Ona tabiatimizning har bir ne'matini asrab-avaylaylik, boridan unumli va maqsadli foydalanib, faqat bugungi kunni emas, ertamiz egalari bo'lgan yoshlarimizning ham ana shunday buyuk ne'matlardan bebahra bo'lib qolmasliklari uchun mas'ul ekanligimizni unutmasligimizni so'rayman dedi Ra'no Kodirova o'z so'zi yakunida. Talabalarimiz tashrifdan juda boy, go'zal taassurot bilan mamnun bo'lib qaytishdi.
"Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati