TIQXMMI yangiliklari

img
25.11.2022

O’quv-ilmiy markazda zamonaviy sug’orish tizimiga start berildi

Oxirgi yillardagi global iqlimiy o’zgarishlar oqibatida nafaqat O’zbekiston balki, O’rta Osiyoda kuzatilayotgan suv tanqisligini yumshatish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 dan ortiq suv tejovchi texnologiyalarini joriy etish bo’yicha samarali mexanizmlarni o’z ichiga olgan xujjatlari imzolangan.  Xususan, 2021 yil 1 martdagi “Qishloq xo’jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ144-sonli qarorida suv xo’jaligi vazirligi va boshqa iqtisodiyot tarmoqlariga katta marra va unga erishishning shaffof tizimi belgilab berildi.

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti suv xo’jaligi sohasiga kadrlar tayyorlash bo’yicha tayanch universitet sifatida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu borada nafaqat respublikamiz balki xalqaro suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi nufuzli tashkilotlar bilan keng qamrovli hamkorlik yo’lga quyilgan.

2021 yil 24 may kuni  “TIQXMMI” MTU va AQShning Lindsay kompaniyasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq 2022 yil 24 mayda tadqiqot universiteti o’quv-ilmiy markazida “O’zbekistonda g’o’za yetishtirishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar tizimini takomillashtirish” mavzusidagi o’quv-dala seminari tashkil etildi. Seminar nazariya va  amaliyot tarzida tashkil etilib, seminar davomida Lindsay kompaniyasining ZIMMATIC yomg’irlatib sug’orish mashinasi ishga tushirildi. Seminarda suv xo’jaligi vazirligi, qishloq xo’jaligi vazirligi hamda klaster va fermer xo’jaliklari, universitet va ilmiy tadqiqot insititutlari olimlari faol ishtirok etdi.

Shu bilan bir qatorda universitetda talabalarning o’quv amaliyotlarini samarali tashkil etish va tadqiqotchilarga zamonaviy tadqiqot obyekti yanada kengaytirildi. Bugungi kunda yomg’irlatib sug’orish orqali g’o’za, makka va g’alla yetishtirish bo’yicha tadqiqotlarga keng imkoniyatlar yaratildi.

Universitet matbuot xizmati