TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2022

Dolzarb mavzudagi xalqaro simpozium

Oʻzbekistonda yer islohotining eng dolzarb masalalari boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda jahonda rivojlanib borayotgan zamonaviy va noanʻanaviy ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishish, yer islohotining samaradorligini oshirish, ilgʻor muhandislik va ekologik mexanizmlari hamda texnologiyalarini joriy etish va tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini va rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilash kuni kecha o‘tkazilgan tadbirning asosiy maqsadidir. 

Shuningdek, bu borada fan, taʻlim va amaliyotni rivojlantirish asosida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yuzasidan ilmiy-uslubiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish ham shular jumlasidan hisoblanadi. Simpoziumni Milliy tadqiqot universitetimiz rektori, prof. B.Mirzayev o‘zlarining kirish so‘zlari bilan ochib berdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi  Tojiyev Bahodir Sadullayevich, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Yer islohotlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshoig‘i o‘rinbosari Diyor Ergashev, Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari Abdullayev Toʻlqin Mansurovich, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Boʻriyev Salimjon, “TIQXMMI” MTU “Yerdan foydalanish” kafedrasi mudiri prof. Abdurashid Altiyev, Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi professori Abid Ramazonovlar so‘zga chiqib mavzu yuzasidan fikr bildirib o‘tishdi.

Chet ellik olimlardan Aliya Baytelenova (S.Seyfullin nomidagi Qozogʻiston agrotexnika universiteti dotsenti), Prof. Dr. Mariyana Shishkova (Bolgariya Qishloq xoʻjaligi universiteti, Bolgariya) Tushdan keyin quyidagi 4 ta shoʻbada ish olib borildi.

1. Yangi Oʻzbekiston sharoitida yer islohotining konsepsiyasi, uni tashkiliy-huquqiy ta'minlash mexanizmlari;

2.Yer islohotining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy oʻsishni taʼminlashdagi vazifalari, yer bozori, investitsiya va hududlarni rivojlantirishga taʼsiri;

3. Yer islohotining muhandislik asoslari, uni texnologik taʼminlash muammolari;

4. Yerdan foydalanishda ekologik xavfsizlikni taʼminlash yoʻnalishlari;

O'sha kuni 48 ta maʼruza tinglandi. Har bir shoʻba boʻyicha maʼruzalardan kelib chiqqan holda taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqildi.

                Universitet matbuot xizmati