TIQXMMI yangiliklari

img
24.05.2022

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Maktab va milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlik uzluksiz va tizimli bo‘layotgani quvonarlidir. Bugun ertalabdan bir guruh professor o‘qituvchilar Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Suyunovich Mirzayev rahbarligida, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Baxtiyor Xudoyorov, GM fakulteti dekani Alisher Fathullayevlar bilan birgalikda Nurafshon shahridagi 4 - sonli ixtisoslashgan davlat umum talim maktabida bo‘lishdi. Unga qadar universitetimizning professor-o’qituvchilaridan bir guruhi ertaroq tashrif buyurishgan edi. 

Maktab direktori Shoira Erkinovna ularni o’z jamoasi bilan kutib olishdi. Biz talabalarimiz tomonidan yaratilgan turli shakldagi yasama texnik jihozlar bilan yetib bordik. U yerdagi maktab zali boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari  va Nurafshon shahridagi ayrim maktablarning direktorlari bilan to’la edi.

Universitetimiz professor o‘qituvchilaridan Nilufar Yo‘ldasheva, Dilrabo Muqimova, Durdona Mustafoyevalar mahorat darslari o‘tishdi. jumladan, R.Jumaniyozovning va Universitet psixologi Muhayyo Muhammedovaning mahorat darslari ko‘pchilikka ma‘qul keldi.

So‘ngra rektor fizika xonasiga kirib 11-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashdi. O’quvchilarda milliy tadqiqot unversitetiga kirib o‘qish orzusi paydo bo‘lgani rost. Keyin 5 ta jamoa ishtirokida zakovat o‘yinlari ham diqqatimizni tortdi. “Bilimdonlar”, “Shijoat”, “Erudit” va “Donolar”  jamoalari ishtirok etishdi. Universitetimiz tomonidan aqlli va zukko o‘quvchilarga  kitob, sport anjomlari turli miqdordagi sovg‘alari taqdim etildi.

Nurafshon shahar xalq ta‘limi bo’limining mudirasi Mahfuzaxon Mahrubaliyevna ham ishtirok etib o‘qituvchinig mahorat darajasi ta‘limning sifat va samarasiga tegishli ekanligini to‘la asosladi.

Tadbir nihoyasida har ikkala ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlik shatnomasi – MEMORANDUM imzolandi.

 GTQ fakulteti talabasi Sardor Sattarov axboroti

Universitet matbuot xizmati