TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2022

Maktabda Jismoniy tarbiya fan oyligi bo‘lmoqda

Hozirgi davrda yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi yosh avlodga faqatgina bilim beribgina qolmasdan, balki, innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalashdan iboratdir. Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 2022-yil 2-aprelda o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan vazifalar dolzarb ahamiyatga ega. Ta’lim dargohlarining asosi bo‘lgan maktablarda fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘zlashtirilishini jadallashtirish maqsadida har bir oy aynan bir fan uchun fan oyligi sifatida belgilanishi an’anaga aylangan.

Universitetning “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi tayanch doktorantlari Sh.Yusupov, A. Botirov, D. Akbarov, N. Aytbayev hamda S. Sultonovlar 2022-yilning 21 - may kuni borgan Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida aynan may oyi Jismoniy tarbiya fan oyligi ekanligi va bu oyda o‘quvchilarning jismoniy chiniqishlari, sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya etishlarini samarali tashkil etish maqsadida bir nechta sport tadbirlari hamda namunaviy darslar tashkil etib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darsidagi faol ishtiroklari kuzatildi. O‘quvchilarining belgilangan normativ talablarini a’lo darajada bajarayotganliklari alohida e’tirof etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar bilan birgalikda voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Universitet matbuot xizmati