TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2022

Talabalar ichki turizmda ham faol

Turizm o`zining osonligi va qiziqarliligi bilan xalq ommasini o`ziga jalb qiladi, ya‘ni turizm bilan shug`ullanishlari uchun kishilar o`zining yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligini hisobga olganholda u yoki bu sport turi bilan shug`ullanishlari mumkin.

 Jismoniy tarbiya asosan uchta vazifani bajaradi (sog`lomlashtirish, bilim berish, tarbiyalash). Turizm esa to`rtinchi sport vazifasini bajaradi, ya‘ni turizm hamma sport turlari uchun shug`ullanuv umum-jismoniy tayyorgarligini ta’minlabgina qolmay balki, sayohatlar orqali jismoniy madaniyat shakllanadi.

Toza havo tog` yon bag`irlarida yurish, erkin nafas olish, xalq o`yinlari bilan shug`ullanishlari mumkin. "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti "QSXET" fakulteti tyutori J.Sa'dullayev turizmni talabalar orasida rivojlantirish maqsadida dam olish kunlari Xo'jakentda  joylashgan Xumson buloq dam olish maskaniga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida  "Oq terakmi, ko'k terak" o'zbek millliy xalq o'yini  tashkil qilindi. Ushbu tashrifdan talabalar madaniy hordiq olishdi.

 

QSXET fakulteti tyutori J.Sadullaev axbaroti

Universitet matbuot xizmati