TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2022

Temuriylar tarixi muzeyiga tashrif

1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etilgan. Muzeyda bugungi kunda eksponatlarning  soni uch yarim mingdan oshadi.Ushbu muzeyga "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti "QSXET" fakulteti tyutori J.Sa'dullayev talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Amir Temur xiyoboni hamda "Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ga  tashrif buyurishdi.

Amir Temurga boʻlgan hurmatini ifodalovchi dil soʻzlari va "Temur tuzuklari"dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan. Muzey zalining markazidagi devoriy tasvirdan "Buyuk Sohibqiron - buyuk bunyodkor" nomli 3 qismdan iborat asar talaba yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, taxtda oʻtirgan Sohibqironning vazirulamo, harbiy aʼyonlar davrasidagi mashvaratlari aks ettirilgan suratlarida talabalar davlat bosqaruvida tartib - intizomni roli kattaligi bo’yicha bir-birlari bilan fikr almashishdi.

Pastroqda esa Sohibqironning nabira va abiralari (Muhammad SultonUlugʻbekHusayn BoyqaroZahiriddin Muhammad Boburbobolaridan meros qolgan tuzuklarni mutolaa qilayotganlari va Amir Temur yaratgan meʼmoriy obidalarni ko’rib, ilmsiz kamolotga yetib bo’lmasligini ta’kidlashdi. Shunaqangi tarixiy muzeylarga ko’proq tashrif buyurish kelishib olindi.

 

QSXET fakulteti tyutori J.Sadullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati