TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2022

Tinch hayotga qutqu soluvchi illat

Inson hayotiga xavf soladigan illatlardan biri tuhmatdir. Xalqimizda bir ibora bor: “o`t balosi, suv balosi, nohaq tuhmat balosidan o’zing asragin”. Bu bejiz emas. Ustozimiz R.Jumaniyozov notiqlik kursining bir guruh iqtidorli yosh notiqlarini O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent”  telekanaliga xuddi shu mavzuga bag’ishlangan jonli efirga boshlab bordilar.  Men Mich Elbomning “Morrining seshanba darslari” nomli kitobida shunday fikrlarni o’qigandim. “Inson hayotda yuksaklikga  erishar ekan, unga har xil bo’hton, tuhmat toshlarini otib uni g`iybat qiluvchilar ham bo’ladi. Shunda sen ularga javob qaytarmasliging zarur, qaytarsang ular senga nisbatan yana koproq shu ishni qiladi. Sen ularga e’tibor bermasang, qilayotgan ishlaridan to’xtaydi.

Unga javoban sen o`z ustingda ishlab, yuqori natijalarga erishishing kerak. Ana oshanda sen ularga haqiqiy javobni qaytargan bo’lasan.” Ko’rsatuvda shu fikrni kleltirib nutqimni asoslashga intildim. Ustoz ma’qullafanidan shod bo’ldim.   Kursdoshim Jasur Bobomurodov ham ta’sirli hikoya aytib berdi. “Bir ayolning arzimas gumoni bilan bir yangi oilaga, kuyovga uning turmush o’rtog`i to’g`risida tuhmat qiladi. So’ngra kelinning qaynonasi qulog`iga ham yetib boradi va kelindan shubhalana boshlaydi. Shuning oqibatida bir norasida go’dak yetim bo’lib, oila ajrashib parokanda boladi.” Shundan kelib chiqib har xil bo’hton gaplarga quloq solaverishimiz kerak emas, deb o’ylaymiz. Talaba Rustamova Madina ham nutq mahoratini ishga solib boshlovchi Bobur Tillaxo’jayevni lol qoldirdi. Madina tuhmatchilarning hammasini vaqt hukmiga solib  qo’yishligi haqida fikr bildirdi. Vaqt oliy hakam – deb qo’shib qo’ydi. Ustozimiz bizning  javoblarimizdan va korsatuvda faol qatnashganimizdan hursand bolidi. Yana o’z maslahatlarini aytib o`tdi.

Universitet 1-bosqich talabasi Jo`rayev Javohir axboroti

Universitet matbuot xizmati