Yangi O’zbekiston bog’iga tashrif
Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston” majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib bergan edilar. Ushbu bog’ga "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti "QSXET" fakulteti tyutori J.Sa'dullayev faol talabalar bilan birga “Yangi O'zbekiston bog'i”ga tashrif buyurishdi. “Yangi O’zbekiston bog‘i” mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklidadir. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilgan. Bog‘ hududida “Istiqlol” majmuasi qurilgan. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk ishlari, O‘zbekistonning yangi qiyofasi namoyon etilgan.
QSXET fakulteti tyutori J.Sadullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati