TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2022

Kitobdan yaxshi do’st yo’q jahonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha talaba yoshlar orasida kitobxonlikni  keng targ‘ib qilish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2022 - yil 18 - may kuni Prezidentning 5 ta muhim tashabbusining 4 - chi tashabbusi  kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda rektorat a’zolari yig‘ilishining 32-son bayonnomasini 11-bandi topshirig‘iga asosan,  2022 - yil 18 - may kuni “GIM” fakulteti “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasida Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov “Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi dotsentlari T.A.Haydarov, A.A.Xojiyev, N.S.Saidxo’jayevalar tomonidan chop etilgan “Hayot faolyati xavfsizligi” nomli darslik yuzasidan bo‘lib o‘tdi.

Universitet matbuot xizmati