Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif
Joriy yilning 14- may kuni “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Qodirova boshchilida universitetimizning bir guruh talabalari O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.
Talabalar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Talabalarimiz «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasida «Islom Karimov hayoti va faoliyatini qamrab olgan ko'rgazma - badiiy portretlar ko'rgazmasi va fotoko'rgazmalar, albomlar, qiziqarli asarlar, prezidentning shaxsiy hayotidan olingan fotosuratlar va boshqa bir qancha materiallar bilan tanishdilar. Ko’rgazma I.Karimovning nafaqat davlat arbobi, balki uning insoniy fazilatlari - mehr-oqibat, muhabbat, insoniy g'oyalar va oilaviy qadriyatlarini ham aks ettiradi. Ko'rgazmadan so'ng talabalarga "Islom Karimov - mustaqil O'zbekistonning asoschisi" kitoblari taqdim etildi.
Talabalarimiz tashrifdan buyuk ajdodlarimizga ehtirom, faxr tuyg'ularini his etgan holda, qalblarida shunday Vatanni meros qoldirganlari uchun minnatdorlik tuyg'ulari jo'sh urdi.
“Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Qodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati