TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2022

Ko’rsatuvdagi ishtirok

     14-may kuni O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "O’zbekiston tarixi" kanalida "Gumanitar fanlar" kafedrasining mudiri, t.f.d., prof. Sh.M. O’ljayeva "Ta’lim va tarbiyaning tarixiy taraqqiyoti" mavzuida "Aslida qanday?" deb nomlangan ko’rsatuvda ekspert sifatida ishtirok etdi.

Ekspertlar bugungi globallashuv davrida ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor qaratish, bu borada ajdodlar merosiga tayanish dolzarb masala ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirib o’tdilar. Bugun inson qalbi va ongiga qarshi kurash davom etmoqda. Hozirda ijtimoiy tarmoqlar va boshqa global omillar   milliy tarbiyaga jiddiy zarar keltirmoqda. Bugungi kunda tarbiyani shunchaki tashlab qo’yib bo’lmaydi. U umummilliy masalaga aylanishi kerak.

Ta’lim tizimlari, oila, mahalla, OAV va boshqa lar faol ravishda milliy tarbiya masalalari haqida dasturlar qilishlari lozim. Bugun turli mafkuraviy bo’shliqlarni yaratish uchun harakat qilayotgan va davlatlarni ichkaridan yemirishni maqsad qilib qo’ygan kuchlar o’z vatani, milliy qadriyatlariga befarq bo’lgan manqurtlarni yaratishga alohida e’tibor qaratmoqda va bu yo’lda katta moliyaviy manbalarni sarflamoqdalar. Ko’rsatuvda ushbu jihatlar tahlil qilindi. Dasurda TIQXMMI Milliy-tadqiqot universitetimizda olib borilayotgan ishlar haqida ham to’xtab o’tildi.

Universitet matbuot xizmati