TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2022

Ta’lim - fan - ishlab chiqarish tizimini mukammallashtirish

Ma’lumki, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarishning o’sishi oliy o’quv yurtlarining rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Shu sababli ham oliy o’quv yurtining jamiyat rivojlanishidagi integratsiyasi muhim ahamiyatga egadir.

Universitetimizning  “Qishloq va suv xo’jaligida energiya ta’minoti” fakultetining Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi ta’lim yo’nalishining 2-kurs talabalari “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi tayanch doktoranti A. Mustafoqulovlar boshchiligida “O’zbekiston milliy metralogiya institutiga” tanishuv amaliyotini o’tash uchun tashrif buyurdilar. Amaliyot davomida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollarga korxona xodimlari tomonidan javob oldilar.

E’tirof etish joizki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida ta’lim tizimini yanada mukammallashtirish maqsadida ta’lim-tarbiya va ishlab chiqarish sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va rivojlantirish, jahon standartlariga mos kadrlar tayyorlash borasidagi sa'y-harakatlar davom ettirilmoqda.

            Universitet matbuot xizmati