TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2022

Inson qadri va xotirasi

“Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan universitetimizda  fan va taʼlim sohasida ko‘p yillar mehnat qilib hozirda nafaqada bo‘lgan kafedraning faxriy ustozlari Rahmatova Halima opa, Maslova Sveta opa, Qalandarova Gavhar opalarning xonadoniga tashrif buyurishdi.  Zero, keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash har birimizning birinchi galdagi vazifamiz va insoniy burchimizdir.

Ustozlar bilan suhbat davomida ular bergan o‘gitlar, pand-nasihatlar hayot va ish faoliyati yo‘lida asqotadigan tajriba va ko‘nikmalari har damda madad bo‘layotganligi shogirdlar tomonidan eʼtirof etib o‘tildi. Esdalik rasmlar ish faoliyati davomidagi juda ko‘p yaxshi xotiralarni yana bir bor yodga soldi!

Universitet matbuot xizmati