TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2022

Ustozlarni ulug`lash insoniylikning oliy mezoni

      9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan joylarda bir qator tadbirlar bo`lib o`tmoqda. Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti hamda fakultetining har bir kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  fan va taʼlim sohasida ko‘p yillar mehnat qilib hozirda nafaqada bo‘lgan kafedralarning faxriy ustozlari “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o`qituvchisi M.Sulaymonova, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi nafaqadagi ustozlari E.Nurmatov, R.Nurmatova, K.Ernazarov, L.Ernazarov, J.Muhiddinovlar, “Oliy matematika” kafedrasi nafaqadagi ustozlari А.Sayfuddinov, X.Raxmatova, R.Isomuhammedov, G.Qalandarovalar, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi nafaqadagi ustozlari M.Maxmudova, Oʼ.Ismoilovalarni xonadonlariga  tashrif buyurildi. Zero, keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash har birimizning birinchi galdagi vazifamiz va insoniy burchimizdir. Dekanat va har bir kafedra jamoasi bilan nafaqadagi ustozlar holidan xabar olar ekan, ustozlar bilan suhbatlari davomida ular  bergan o‘gitlar, pand-nasihatlar hayot va ish faoliyati yo‘lida asqotayotganligi, tajriba va ko‘nikmalari har damda madad bo‘layotganligi shogirdlar tomonidan eʼtirof etib o‘tildi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati