"TTJ"dagi ibratli kun
28-aprel kuni "QSXET" fakulteti dekani, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari hamda fakultet tyutorlari 3-TTJ ga tashrif buyurishdi. Aslida bu singari tashrif har haftada uzluksiz tarzda amalga oshirilayotgan bo'lsa ham, ammo bu galgi tashrif alohida ibratli kun sifatida barchaning xotirasida muhrlandi. Samimiy tarzda olib borilgan suhbat davomida ichki-tartib qoidalar, tozalik, jihozlardan to'g'ri foydalanish haqida gapirildi. Qolaversa, o'zaro hamjihatlikda, inoqlikda yashash, talabalik davrini sermazmun xotiralar bilan o'tkazish va o'zaro munosabatlarda insoniylik tamoyillariga amal qilib, jumladan kibr, manmanlikka berilmasdan yashash lozimligi dekan tomonidan ta'kidlanib, hayotiy va ibratli voqea bayoni bilan izohlab o'tildi.
Yoshlarimiz tarbiyasi, TTJdagi turmush tarzi doimiy e'tiborimizda.
Universitet matbuot xizmati