TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

Maktablar faoliyati professor-o’qituvchilar nigoxida

TIQXMMIMilliy tadqiqot universiteti rektori tomonidan Gidrotexnika qurilishi fakultetiSuv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanishkafedrasiga biriktirilgan Pskent tumanida joylashgan 27 va 34 - umumiy o’rta ta’lim maktablari bilan o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Hamhorlik doirasida belgilangan reja asosida kafedra professor-o’qituvchilari 2022 yil 29-aprel kuni maktablarga tashrif buyurib, o’quvchilarning bilimini va qiziqishlarini o’rganishdi. Dosentlar B.Norqulov, E.Kan va assistent B.Shodiyevlar maktab o’qituvchi va o’quvchilariga master-klass darslar o’tkazishdi.

Ushbu darslarda faol qatnashgan o’quvchilarga ko’plab kitoblar sovg’a qilindi. Maktab kutubxonasiga esa badiiy va kasbga yo’naltirilgan adabiyotlar topshirildi.

Hamkorlikning yanada samarali bo’lishini taminlash maqsadida maktab hodimlari o’zlarining ko’plab takliflarini berishdi. Ular orasida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil qilinadigan tadbirlar va sport musobaqalarini 27 va 34 - umumiy o’rta ta’lim maktablari va universitet o’qituvchilavri birgalikda o’tkazish taklifi barchaga birdek manzur bo’ldi.

Bu taklifni amalga oshirishni 2022 yil 7 may kuniga 27-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazish kelishib olindi.

Universitet Matbuot xizmati