TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

“Nasos va nasos stansiyalari” fanidan respublika fan olimpiadasining birinchi tur natijalari

“TIQXMMI” MTU rektorining 19/f-sonli “Universitet talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan joriy yilning 26 aprel kuni «Nasos va nasos stansiyalari» fanidan Respublika fan olimpiadasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.


 

Unda “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” va “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari” ta’lim yo‘nalishlari 3-4 kurs talabalari o‘z bilimlarini sinashdi.

O‘tkazilgan olimpiadaning birinchi bosqichi g‘oliblari:

  • birinchi o‘rin sohibi GTK fakulteti 408-guruh talabasi Abduraxmonov Abdulaziz;
  • ikkinchi o‘rin sohibi GTK fakulteti 407-guruh talabasi Donoboev Jumaniyoz;
  • uchinchi o‘rin sohibi GTK fakulteti 408-guruh talabasi Sharapov Sharifjon;
  • uchinchi o‘rin sohibi GTK fakulteti 408-guruh talabasi Tojiev Abdulloh.

Olimpiadada qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

 

                                               “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi assistenti B.Shodiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati