Gidrologiya olami
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetining “Gidromelioratsiya” fakulteti Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasining professor-oʻqituvchilari F. Gapparov, S. Mansurov, S. Qodirovlar boshchiligida “Gidrologiya-gidrometriya” fanidan fan olimpiadasining 1-bosqichi 2022-yil 28-aprel 13:00da boʻlib oʻtdi.
Ushbu olimpiada “Gidromelioratsiya” fakultetining Daryo va suv omborlari gidrologiyasi, Suv xoʻjaligi va melioratsiya, Suv ta’minoti muhandislik tizimlari, Suv xoʻjaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish, Meliorativ gidrogeologiya ta’lim yoʻnalishlari talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.
Bunda bilimga chanqoq, Gidrologiya-gidrometriya faniga qiziqadigan iqtidorli talabalar qatnashishdi. Bu olimpiada juda qiziqarli boʻlib oʻtdi.
GM fakulteti 1-kurs talabasi Egamshukurova Mohinur axboroti