TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

Hayot bu – ulug' neъmat

Joriy yilning 27 - aprel kuni GM fakulteti 2-kurs 208 - guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va  guruh tyutori  D. Axrarovalar  suitsidning oldini olish va profilaktika qilish; talabalarning hayotga bo'lgan qiziqishlarini orttirish va motivatsiya berish  maqsadida “Vaqt eng bebaho mulkimizdir” mavzusida tadbir tashkil etishdi.

Talabalarning hozirgi kundagi hayot tarzlari, qiziqishlari, vaqtlarining asosiy qismini nimalarga sarf etishlari to'g'risida qizg'in suhbat olib borildi.

Tadbir davomida Z. Korolevaning suitsidga moyillikni aniqlashtiruvchi testi, “Hayot charxpalagitexnikasi, “20 minut texnikasio'tkazildi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilarning tadbirdan olgan fikrlari muhokama qilindi. Barcha talabalar bahsda faol qatnashib, o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muxamedova axboroti

Universitet matbuot xizmati