TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Mutaxassislik fanlari bo’yicha kitobxonlik!

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2022 - yil 23 - aprel kuni Prezidentning muhim 5 ta tashabbusini 4 - chi tashabbusi  kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda rektorat a’zolari yig‘ilishining 32-son bayonnomasini 11-bandi topshirig‘iga asosan  2022 - yil 23 - aprel kuni “Qishoq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasida 5430500-“Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari o‘rtasida Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov asosan “Energiya tejamkorlik asoslari” fanidan bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda:

1-o’rinтш 301-guruh talabasi Mamadalieva Maftunabonu, 2-o’rinтш 302-guruh talabasi Raxmanova Nargiza, 3-o’rinni esa 302-guruh talabasi Perdabaev Asilbeklar qo’lga kiritdilar hamda sertifikat va sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 

ET va EJF kafedrasi axboroti