TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Fan olimpiadasining I - bosqichi o’tkazildi

Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili talabalar o‘rtasida an’anaviy respublika fan olimpiadasi o‘tkazilib kelinmoqda Shu munosabat bilan, ushbu an’anaviy olimpiadani 2021/2022-o‘quv yilida ixtisoslik va mutaxassislik fanlaridan offline tarzda tashkil etish maqsadida “Сhizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi tomonidan “Сhizma geometriya va muhandislik grafikasi” va “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanlaridan fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Mazkur oyning 23 – aprel kuni “SXM” fakultetining "Suv  xo’jaligi  va melioratsiya" 104 guruh va Suv xo’jaligida innovasion texnologiyalar va ulardan foydalanish 106-guruhlari o‘rtasida “Fan olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Dastavval “Сhizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani olimpiadasi g’oliblari kunning ikkinchi yarmida “Muhandislik kompyuter grafikasi” fani olimpiadasi g’oliblari guruhlar ichidan saralab olingan talabalarga faxrli 1 chi, 2 chi, hamda 3 - chi o‘rinlar berildi. Talaba yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish xususan IT ga qiziqishlarini orttirish, bugungi kun loyihasi ijrochilari sifatida ularni tayyorlash vazifasi ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan targ‘ib qilingan yoshlarni tarbiyalashdagi muhim 5 ta tashabbusning 4 tashabbusi ham aynan shu vazifani, ya’ni yoshlarni axborot texnologiyasi bilan bugungi kun talabiga hamohang yashash ekanligi yana bir bor tajribada o’z isbotini topdi.

Ushbu yuqori o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalarga keyingi bosqichlarda omad tilab qolamiz!

            Universitet matbuot xizmati