Kitob bizning do‘stimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot-texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish, talaba yoshlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida turli mavzularda tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, TIQXMMI MTUning 4–TTJ.da 2022-yil 22-aprelda “Kitob bizning do‘stimiz” mavzusida suxbat tashkil etildi. Suxbat GM fakulteti xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. F. Beknazarova raxbarligida fakultet professor o‘qituvchilari va fakultet tyuteri A.D. Axrarovalar ishtirokida talaba qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Suxbatda talaba qizlarga yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o‘qib borishi ularning ongi o‘sishiga, tafakkuri teranlashib, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishiga imkon berishi va kitoblarni asrab avaylab o‘qish kerakligi tushuntirildi.Talaba qizlar tomonidan o‘qigan kitoblari haqida fikr mulohazalari eshitilib, she’r, maqollar, topishmoqlar aytildi.
Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ham bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo‘lish bilan belgilanadi. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqsh”dir, o‘qigan kitobi yillar o‘tsa-da hayotda albatta asqotadi.
Maslahatimiz hayotingiz kitob bilan sermazmun o‘tadi, yaxshi kitob sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, mutolaa sizni nafaqat ilmli qiladi, balki siz hech qachon his etmagan zavqni ham baxsh etadi.
Universitet matbuot xizmati