22.04.2022
Maktablarga tashrif davom etmoqda
2022 - yilning 21 - aprel kuni "Qishloq xo'jaligi mashinalari" kafedrasi dotsentlari A.Isakov va X.Maxmudovlar Piskent tumanidagi 15 va 16 - sonli maktablarga tashrif buyurdi va maktab o'qituvchilari hamda o'quvchilari bilan maqsadli reja bo'yicha tadbir uyushtirishdi.
"TIQXMMI" MTU tarixi, faoliyati, fakultet va yo‘nalishlari mutaxassisliklari, universitet qoshidagi maktablar to'g'risida ma'ruzalar qilindi va dars sifati o'rganildi. Maktablarga kitoblar va esdalik sovg'alar topshirildi.
”Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Borotov axboroti
Universitet matbuot xizmati