Maslahatli muloqot
Talabalarning Oliy ta’lim muassasasidagi o’qish tarzi, TTJdagi yashash sharoitlari dolzarblik jihatdan mas’ullarning doim diqqat markazida.
Shu munosabat bilan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori masahatchisi Sa'di Qudratillayevich Igamberdiyev hamda, Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi B.Shafkarov bilan barcha fakultet tyutorlari, Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi D.Rasulov uchrashib, yuqoridagi mavzu doirasida suhbat olib borishdi.
Ochiq muloqot ko’rinishida o’tgan yig’ilishda tyutorlar faoliyati davomida talabalarga oid uchragan muammolar va ularning yechimlari haqida gaplashildi. Qolaversa, kelgusi rejalar va amalga oshirilishi ko’zda tutilgan istiqbolli masalalar haqida ham kelishib olindi.
Universitet matbuot xizmati