TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2022

Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kitobxonlik tanlovi

TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida 2022 - yil 19 - aprel kuni Prezidentning 5 ta muhim tashabbusida kitobxonlikni targib qilish rektorat a’zolari yigilishining 32-son bayonnomasini 11-bandiga topshirigiga asosan 2022 - yil 19 - aprel kuni Qishloq va suv xojaligi energiya ta’minoti fakulteti Elektrotexnika va mexatronika kafedrasida 5313200-“Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar) ta’lim yonalishi 2-kurs 213,214 va 215 - guruh talabalari ortasida Mutaxassislik fanlari boyicha zakovat ko‘rinishida kitobxonlik tanlovi otkazildi.

Tanlov asosida Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan bo‘lib o‘tdi. Tadbirda EvaM kafedra mudiri R.Baratov, kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashdilar. Talabalar bilim darajasini yanada yangilab olishdi va qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar uchun estalik sovg‘alari tag‘dim etildi. O‘ylaymizki, bunday kitobxonlik tanlovlarni muntazam o‘tkazish kerak.

Universitet matbuot xizmati